“Yuventus” futbolchisi “Ferrari”da avtohalokatga uchradi

Sport

image

Bugun, 22 sentyabr kuni Turinning “Yuventus” klubi futbolchisi Artur Melo avtohalokatga uchradi. Ma’lum qilinishicha, futbolchi hodisada aybdor emas va jiddiy oqibatlarga olib kelmagan. 

25 yoshli braziliyalik futbolchi “Ferrari” rusumli avtomobilda bo‘lgan. Halokatning hech bir ishtirokchisi jiddiy jarohat olmagan. Futbolchining o‘zi avtohalokatda aybdor emas, faqat avtomobillarga zarar yetgan xolos. 

Xususan, Arturga tegishli avtoulovning faralaridan biri singan. Braziliyalik futbolchi joriy yilning iyul oyidan beri o‘ng oyog‘idagi jarohatni tiklamoqda va tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kerak edi.

Ma’lumot uchun, “Barselona” sobiq futbolchisi o‘tgan mavsumda “Yuventus” tarkibida 32 o‘yin o‘tkazgan va 1 ta gol urgan. Uning turinliklar bilan tuzgan shartnomasi 2025 yilgacha amal qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Yuventus Avtohalokat Turin Ferrari Artur Melo

Baholaganlar

143

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing