FVV: Andijondagi portlash sabablarini o‘rganish bo‘yicha komissiya tuzildi

Jamiyat

image

Avvalroq, Andijon Andijon shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli markaziy poliklinikada portlash yuz bergani haqida xabar bergan edik. Mazkur hodisa yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi rasmiy bayonot bilan chiqdi. Unda shunday deyiladi: 

26 fevral kuni taxminan 10:30 da Andijon shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli markaziy poliklinikasining isitish qozonxonasida qozon portladi. Birlamchi ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur holatning kelib chiqishiga, isitish qozonining nosozligi sabab bo‘lgan. 

Avariya natijasida, voqea joyidan uzoq bo‘lmagan, flyuorografiya xonasida navbatdagi tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan Andijon shahri 4-sonli umumta’lim maktabining o‘quvchilari jabrlangan. Aniqlanishicha, 9-sinfning 18 nafar o‘quvchilari va ularni kuzatib borgan 4 nafar o‘qituvchilari yengil jarohat olgan, ularning ahvoli qoniqarli. Shuningdek, o‘rta darajadagi jarohatlangan ikki nafar o‘quvchilarga tezkor yordam ko‘rsatilgan. Ularning ham salomatligi qoniqarli darajada.    

Mazkur holat yuzasidan sodir bo‘lgan vaziyatning kelib chiqish sabablarini o‘rganish, jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha Andijon shahar hokimiyati, Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Sog‘liqni saqlash, Xalq ta’limi boshqarmalari rahbarlari hamda “O‘ztransgaz” mutaxassislari tarkibidan iborat komissiya tuzildi.    
 


Maqola muallifi

Teglar

Portlash Andijon Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Baholaganlar

70

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing