Yelizaveta II ilk marotaba omma oldiga hassada chiqdi 

Olam

image
0:00
0:00
download
Islom Karimovning suratlari ko‘rgazmasi ochildi. Tatyana Karimova marosimga qo‘ltiqtayoqda keldi north_east

Islom Karimovning suratlari ko‘rgazmasi ochildi. Tatyana Karimova marosimga qo‘ltiqtayoqda keldi

Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II Britaniya qirollik legioni tuzilganining yuz yilligi munosabati bilan Londondagi Vestminster abbatligida o‘tkazilgan tadbirda ishtirok etdi. Bu haqda “The Daily Mail” nashri xabar berdi. 

Voqea joyidan olingan suratda bu yil 95 yoshini nishonlagan Yelizaveta II birinchi marta hassa bilan omma oldiga chiqqani tasvirlangan. 

Avvalroq, Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II evarasi — shahzoda Uilyam va Keyt Middltonning o‘g‘li Jorjni qirollik taxtini egallashga tayyorlayotgani haqida xabar bergandik.  

Jurnalistlarning so‘zlariga ko‘ra, Jorj juda ham beparvo bola bo‘lib, bog‘da futbol o‘ynashga va hasharotlarni ovlashni yoqtirgan. Shahzodaning ota-onasi unga bir kun kelib taxtni egallashini aytishgan. Shundan so‘ng bola tushuna boshlagan. Hozirda qirollik oilasi a’zolarining unga bo‘lgan munosabati o‘zgacha. 

Ma’lumot o‘rnida, qirolicha Yelizaveta II Buyuk Britaniyani 68 yildan beri boshqaradi. 

So‘nggi yillarda qirol oilasi ichki qarama-qarshiliklarga duch keldi. Ba’zi shahzodalar qirollik oilasi a’zolarini irqchilikda ayblab, monarxiyaga qarshi axborot urushi boshladi. Bundan tashqari, Yelizaveta II ning turmush o‘rtog‘i shahzoda Filipp 99 yoshida vafot etdi. Shahzoda Endryu bilan yuz bergan mojaro ham shov-shuvga sabab bo‘ldi. U balog‘atga yetmagan qizning nomusiga tegishda ayblanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Buyuk Britaniya qirolicha

Baholaganlar

95

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing