YeL: Ingliz jamoalaridan final sari muhim qadamlar
Sport
−
03 may 2019
3810Kecha, 2 may kuni Yevropa ligasining ilk yarim final o‘yinlari o‘tkazildi.
Londonda kechgan bahsda “Arsenal” “Valensiya”ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvda hisobni ispan klubi vakili Diakabi ochgan bo‘lsada, keyinchalik “konanirlar” bu golga 3 to‘p kiritgan holda javob qaytarishdi. Gollarning ikkitasiga Aleksandr Lyakazett va bittasiga Aubameyang mualliflik qilishdi.
Londonning boshqa bir klubi “Chelsi” Germaniyaga safar qildi. Mahalliy “Ayntraxt Frankfurt” jamoasiga qarshi bahsda londonliklar durrang natijani qo‘lga kiritishdi. Dastlab, nemislar Luka Yovichning goli evaziga oldinga chiqib oldi. Birinchi taym oxirida Pedro Rodriges muvozanatni tikladi.
Ma’lumot uchun, Yevropa ligasi yarim finalining javob bahslari 9 may kuni o‘tkaziladi.
LiveBarchasi
07 noyabr 2023
07 noyabr 2023
07 noyabr 2023