YeCHL. “Siti”da gollar shousi, tor-mor etilgan “Barsa”: tur yakunlari

Sport 7265
image
-

Kecha, 15 sentyabr kuni Yevropa Chempionlar ligasining yangi mavsumi guruh bosqichidan o‘rin olgan 1-tur uchrashuvlari o‘z nihoyasiga yetdi. Ilk turda bir nechta o‘yinlardagi kutilmagan natijalarni hisobga olmasa, deyarli barcha bahslar kutilgan natijalar bilan yakunlandi.

“O‘lim guruhi”, deya atalgan “A” guruhida birinchi turdanoq markaziy uchrashuv — “Manchester Siti” – “Leypsig” bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda inglizlar nemis klubini 6:3 hisobida tor-mor etdi. “Siti”ning olti goliga olti futbolchi mualliflik qilgan bo‘lsa, “Leypsig”ning uchala {19E-5} ham Nkunkuning nomiga yozildi. Shuningdek, o‘yinning 79-daqiqasida mehmonlar himoyachisi Anxelino qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Yakunda ingliz klubi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Guruhning ikkinchi bahsida PSJ kutilmaganda “Bryugge” bilan o‘yinda ochko yo‘qotdi. Ilk bora Mbappe-Neymar-Messi triosi maydonda harakat qilgan ushbu bahsda 1:1 hisobi qayd etildi. Qiziq jihati parijliklarning yagona goliga hujumdagi uchlik emas, Ander Errera mualliflik qildi. Yakunda PSJ uyiga 1 ochko bilan qaytishga majbur bo‘ldi.

Yana bir “O‘lim guruhi” deya atalgan “B” guruhida ham 1-tur yakunlandi. 7 yildan so‘ng YeCHLga qaytgan “Milan” ilk turda Mersisaydga safar uyushtirdi. Murosasiz kechgan bahs “Liverpul”ning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Guruhdagi ikkinchi juftlik esa “Atletiko Madrid” hamda “Portu” o‘rtasida bo‘ldi. Unda La Liganing amaldagi g‘oliblari portugal klubi bilan “nursiz” durangga imzo chekdi. 

“C” guruhida “Borussiya Dortmund” “Beshiktosh” maydoniga safar qildi va kutilganidek g‘alabani qo‘lga kiritdi. 2:1 hisobida g‘alabaga erishgan dortmundliklar keyingi turda “Sporting” bilan to‘qnash kelishadi. Ilk turda “Sporting” bilan o‘ynagan “Ayaks” esa Allerning pokeri evaziga raqibini 5:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. 

“D” guruhi ham qiziqarli uchrashuvlarga boy bo‘ldi. Jasur Yaxshiboyev debyut qilgan o‘yinda “Sherif” “Shaxtyor”ni 2:0 hisobida yengib, guruh peshqadamiga aylanib oldi. 89-daqiqadagi gol evaziga “Inter” ustidan g‘alaba qozongan “Real” esa guruhda 2-o‘rinni egallab turibdi. Keyingi turda Yaxshiboyev jamoasi “Qirollik klubi”ga qarshi to‘qnash keladi.

Shuningdek, “E” guruhida azaliy raqiblar bahsi o‘tkazildi. O‘z uyida Myunxenning “Bavariya”sini qabul qilgan “Barselona” muxlislari qarshisida yirik hisobda mag‘lubiyatga uchradi. Dastlab, kataloniyaliklarga gol urishni yoqtiruvchi Tomas Myuller hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda Robert Levandovski dubli orqali hisobni yirik ko‘rinishga keltirib qo‘ydi. Shu tariqa, 3:0 hisobida g‘alabani qo‘lga kiritgan Myunxen klubi guruhda peshqadam bo‘lib oldi. “Barselona” esa so‘nggi o‘ringa tushib ketdi. Guruhning ikkinchi o‘yinida esa “Benfika” va “Dinamo Kiyev” durangga imzo chekdi.

“F” guruhi ham kutilmagan natijalarni olib keldi. Unda tarkibida Ronaldusi bor MYU Shveysariyaning “Yang Boyz” klubiga so‘nggi daqiqalarda imkoniyatni boy berdi. 2:1 hisobida yakuniga yetgan o‘yin “qizil iblislar”ni guruhda so‘nggi o‘ringa tushirib yubordi. Ikkinchi juftlikda esa “Atalanta” va “Vilyarreal” 2:2 hisobida durang o‘ynab, 1 ochkodan bo‘lib olishdi.

Qolgan guruhlarga qaraganda o‘rtamiyona jamoalar jam bo‘lgan “G” guruhida ilk turda “Sevilya” “Zalsburg” bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Ikkinchi juftlikda “Lill” va “Volfsburg” 0:0 hisobini qayd etgan holda uchinchi hamda to‘rtinchi o‘rindan joy olishdi.

Nihoyat, so‘nggi “H” guruhida kutilgan natijalar qayd etildi. A Seriyadagi mag‘lubiyatlardan charchagan “Yuventus” “Malmyo” maydoniga safar uyushtirdi va raqibini 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Ikkinchi juftlikda esa “Chelsi” “Zenit”ni Lukakuning yagona {19E-5} evaziga mag‘lubiyatga uchratib, 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. Navbatdagi turda guruh peshqadamlari – “Yuve” hamda “Chelsi” o‘zaro to‘qnash keladi.

Ma’lumot uchun, 2-tur uchrashuvlari 28-29 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Abdulla Mannonov
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 157
Reyting: 3
t
×