Yahudiylarning ziyorati Falastinda to‘qnashuvga sabab bo‘ldi – OAV

Olam

image
0:00
0:00
download

Isroil askarlari ishg‘ol qilingan Iordan daryosining G‘arbiy sohilining shimolidagi Nablus shahrida tartibsizliklar chog‘ida 8 nafar falastinlikni yaraladi. “Anadolu” agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, yahudiy ko‘chmanchilar Isroil qo‘shini hamrohligida Nablusga bostirib, avtobusda Yusuf payg‘ambar qabriga borgan.

Falastinliklar, qabr yaqinidagi Amman ko‘chasida Isroil harbiy mashinalariga molotov kokteyli va tosh otib, yo‘lni to‘sib qo‘yishga harakat qilgan.

Isroil harbiylari falastinliklarga qarata o‘qotar va travmatik qurollardan o‘t ochgan, ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va shovqinli granatalardan foydalangan.

Falastin Qizil Yarim Oy jamiyatining Favqulodda Xizmati direktori Ahmed Jibrilning nashrga bergan ma’lumotiga ko‘ra, g‘alayonlar natijasida 8 nafar falastinlik o‘qotar quroldan jarohatlangan, yana 13 nafari ko‘zdan yosh oqizuvchi gazning salbiy ta’siridan jabrlangan.

Jibrilning so‘zlariga ko‘ra, jabrlanganlar orasida o‘qdan yaralangan yosh falastinlik ham bor. Yaradorlarning uch nafari Nablusdagi Rafidiya shifoxonasiga yetkazilgan.

Yahudiylar Nablusning sharqida joylashgan Yusuf qabrini ziyoratgoh deb bilishadi.

Yahudiylar Iordan daryosining g‘arbiy sohilidagi Nablus shahridagi qabrda Yusuf payg‘ambarning qabri borligiga ishonishadi. Ammo ko‘pchilik arxeologlar qabr unchalik qadimiy emasligi va unda Yusuf ad-Duvaykat ismli musulmon dafn etilgan, deb hisoblashadi.

So‘nggi uch hafta ichida Isroilda sodir etilgan to‘rtta hujumda o‘n to‘rt nafar isroillik halok bo‘ldi.

Isroil armiyasining G‘arbiy sohilga uyushtirgan reydlaridan so‘ng mintaqada zo‘ravonliklar kuchayib, kamida 20 nafar falastinlik halok bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Sharqiy Falastinda keskinlik kuchaygani uchun jiddiy xavotirda ekanini bildirib, muammoni BMT rezolyutsiyalariga muvofiq hal etishga chaqirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Quddus Isroil

Baholaganlar

210

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing