Video: Attraksion sinishi natijasida 2 kishi halok bo‘ldi
Olam
−
16 iyul 2019
14402Hindistonda istirohat bog‘idagi attraksionning sinishi natijasida ikki kishi halok bo‘ldi va 27 kishi turli darajada jarohatlandi. Bu haqda NDTV xabar berdi.
Baxtsiz hodisa Gujarot shtatining Ahmadobod shahrida sodir bo‘ldi. Halokat natijasida attraksiondagi odamlar yiqilib tushgan. Natijada, kamida 15 kishi og‘ir jarohat olgan. Barcha jabrlanganlar shifoxonaga yotqizilgan. Hodisa yuzasidan tergov harakatlari boshlangan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 28 iyun kuni Jizzaxda “Uchar tarelka” attraksioni sinishi natijasida bir kishi halok bo‘lgandi. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 257-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
LiveBarchasi
Farg‘onada qiymati 76 mln so‘mlik “paqqilloqlar” ushlandi
07 noyabr 2023
Shavkat Mirziyoyev Qatar sobiq bosh vazirini qabul qildi
07 noyabr 2023
Falastin Bosh vaziri Muhammad Shtaye G‘azodagi urush sabab halok bo‘lgan bolalar haqida gapirayotib yig‘lab yubordi
07 noyabr 2023