Vazirliklarning qog‘ozlarda “bajarilgan” ishlari aslida ham bajarilyaptimi?

Jamiyat

image

O‘zbekistonda vazirlik va idoralar tomonidan “bajarilgan” deb hisobot berilgan ayrim vazifalar mohiyatan bajarilmasligi holatlari bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar rejalari hamda “Yo‘l xarita”lari tasdiqlangan bo‘lsa-da, ushbu hujjatlarning ijrosi ta’minlanmaganlik holatlari mavjud. Bu haqda kecha, 25 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida so‘z ochildi.

Ma’lum qilinishicha, davlat dasturidagi 206 ta band to‘liq bajarilgan bo‘lsa-da, ko‘plab belgilangan vazifalarni kechikib bajarish holatlari ham uchramoqda. Masalan, davlat dasturining 70 dan ziyod bandi 1 oydan 10 oygacha ijro muddati kechiktirib bajarilgan, 20 ta band bo‘yicha belgilangan tadbirlar muddatida bajarilmagani tufayli uzaytirilgan. 39 ta band bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqilgan bo‘lsa-da, ular o‘z vaqtida qabul qilinmagan.

Qolaversa, ijro muddati kechiktirilgan yoki qo‘shimcha ishlanishi belgilangan holda, vazirlik va idoralar tomonidan kechikish sabablari yuzasidan jamoatchilikka tushuntirish berilmayotganlik holatlari ham kuzatilayotgani qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

55

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing