Vazirlik va idoralarning rahbar o‘rinbosarlari soni qisqartiriladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining tuzilmasini maqbullashtirish va shtat birliklari sonini qisqartirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2021 yil 1 maydan davlat organlari xodimlarining soni 15 foizgacha maqbullashtiriladi.

Jumladan, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda ularning idoraviy va hududiy bo‘linmalarida jami 5288 ta shtat qisqariladi.

Shuningdek, vazirlik va idoralarning rahbar o‘rinbosarlari lavozimlari ham qisqartiriladi.

Kapital bozorini rivojlantirish agentligini tugatilib, uning barcha vazifa, funksiya va vakolatlarini Moliya vazirligiga berildi.

2021 yil 1 sentyabrgacha xodimlarning eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlariga (KPI) erishilganligi natijalarini baholash uchun maxsus dastur ishlab chiqilib davlat organlarida bosqichma-bosqich joriy etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

366

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing