Vahimalar o‘rinlimi? Bug‘doyni birjada sotish narxlarga qanday ta’sir qilishi aytildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekistonda bug‘doyning birjada sotilishi narxlarning oshib ketishiga olib kelmaydi va aksincha, biroz pasayishga sabab bo‘lishi mumkin. Bu haqda bugun, 30 may kuni Moliya vazirligi departamenti mudiri To‘lqin Mirzayev oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga bag‘ishlangan matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

“Bug‘doyni birjaga chiqarishdan vahimaga tushish uchun asos yo‘q. Birinchidan yetarli miqdor bug‘doy, un zaxiralari mavjud. 2019 yilda ham un mahsulotini birjaga chiqarganimizda “narxlar keskin oshib ketadi”, degan har xil vahimalar bo‘lgandi. Tajriba shuni ko‘rsatdiki, narxlar oshib ketmadi. 2019 yilning oktyabridan to 2020 yilning aprel oyi o‘rtasigacha bo‘lgan davrda un narxi bor-yo‘g‘i 10 foizga oshgan. Bu hisob-kitoblar to‘g‘riligini ko‘rsatdi.

Hozir ham hisob-kitoblar qilingan. Bugungi kunda ichki bozorda unni, nonni narxi hammaga ma’lum, bu sir emas. Biz arzon deb aytadigan qolipli non (buxanka) narxi faqat Toshkent shahrida saqlanib qolgan. Respublikaning boshqa hududlarida qolipli non erkin narxlarda sotilmoqda. Bozorlarda 2800 so‘mlik un hech qayerda yo‘q. Davlat statistika qo‘mitasiga ko‘ra, unning o‘rtacha narxi 5000 so‘mdan yuqori. Buni aholi biladi. Erkinlashtirish bozordagi narxlarni tan olish degani.

Moliya vazirligi mas’ulining ta’kidlashicha, bug‘doyning birjada sotilishi ortidan narxlarning oshishi kutilmaydi. Aksincha, unni birjada sotish tajribasidan kelib chiqib, narxlarni ma’lum ma’noda barqarorlashishini va kelgusida narxlarning pasayishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

birja bug'doy

Baholaganlar

673

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing