30-31 iyul “Foodcity”ning tantanali ochilishida oziq-ovqatlarga 50%gacha chegirmalar beriladi

Biznes

image

O‘zbekistonning eng katta agroklasteri o‘z ish faoliyatini 30-31 iyul kunlari soat 9:00 dan quyidagi manzilda boshlaydi: Bektemir tumani, Mehnatobod ko‘chasi, 82. 

60 gektar maydonni egallagan "Foodcity" yirik va chakana xaridlarni ulgurji narxlarda amalga oshirish mumkin bo‘lgan 2 xil savdo obektini o‘z ichiga oladi. Shuningdek, bu yerda muzlatuvchi, sovituvchi va quruq omborlar, mehmonxona, avtoturargoh, pavilon va hatto mini shaharcha mavjud.

Aynan ochilish kunlarida (30-31 iyul) majmuada ba’zi yuqori talabga ega bo‘lgan mahsulotlarga shahar buyicha eng arzon ulgurji narxlarni (Qo‘yliq dehqon bozorini ham hisobga olganda) qo‘yish rejalashtirilgan. Bu esa tashrif buyuruvchi mehmonlarni hayratda qoldirishi aniq. Masalan, "Gala" kartoshkasining 1 kilogrami 2 500 so‘m, "Oleyna" o‘simlik yog‘ining 1 litri- 15 000 so‘m. Pomidorning 1 kilogrami 1 500 so‘m va h.k.

Ochilish kunida ertalabdan tashrif buyuruvchi mehmonlarga tekin muzqaymoq va suv, tushlikda esa shirin palov tarqatiladi. Shuningdek, shu kuni tashrif buyuruvchi mehmonlar jonli musiqa, shou-balet tomoshasi, bayram palovi va albatta, yaxshi kayfiyatdan bahramand bo‘lishadi!

Ochilish marosimiga kelgan mehmonlarni marosimning kechki paytida muhim bir tadbir kutadi. Tadbir yakunida 30 iyul soat 18:00 dan 20:00 gacha bayram konserti bo‘lib o‘tadi. Mazkur konsert davomida 5 ta mahsulotlar bilan to‘ldirilgan aravachalar "Oltin aravacha" yutuqli o‘yinida o‘ynaladi.

Shuningdek, "Foodcity"da innovatsion kross-doking tizimidan foydalaniladi. Bu haqda Toshkent shahar Bektemir tumani hokimi Tapil Maxamadziyayev o‘z so‘zida shunday deydi:

"Foodcity" mamlakatimizda birinchi marta tovarlarni omborda saqlash bosqichini istisno qiluvchi logistika tizimini qo‘lladi. Bu shuni anglatadiki, siz mahsulotni ko‘p sonli omborxonalar va sotuvchilarni chetlab o‘tgan holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlab chiqaruvchidan sotib olasiz. Bu yerda turli xil mahsulot assortimentiga ega bo‘lgan beshta shunday kross-doklar mavjud".

Majmuaning O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlaridagi ko‘plab shu kabi obektlardan farqi shundaki, uni yaratishda Yevropaning yirik shaharlari – Parij, Madrid va Moskvada faoliyat yuritayotgan qishloq xo‘jaligi markazlari tajribasi va amaliyotidan foydalanilgan.

"Mutaxassislarimiz uzoq vaqtdan buyon bir qator mamlakatlardagi rivojlangan xalqaro bozorlar tajribasini o‘rganib kelmoqda. Masalan, Rungis (Fransiya) va Mercasa (Ispaniya) ulgurji bozorlari tizimi. Ularning umumiy jihati bu qulay joylashuv bo‘lib, tunu kun ishlash bilan bir qatorda qulay joylashuvi tufayli tirbandliklar paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi”, deydi "Foodcity" marketing bo‘limi boshlig‘i Askat Sarsenov.

Uni so‘zlariga qaraganda, markaz hududida import va eksport operatsiyalarini amalga oshirish uchun bojxona terminali tashkil etish ham ko‘zda tutilgan.

Hullas oxirgi, ammo ahamiyatli bo‘lgan yana bir jihat – bu majmuaning transport tizimi. “Foodcity”ga tez va qulay yetib borish maqsadida Toshkentda “Qo‘yliq” metro bekatidan (7-bekat) Qo‘yliq, Tuzel-2, Vodnik, Kadisheva, Uchtepa, Sergeli, Chilonzor, Shimoliy vokzal, Boshliq-"Foodcity" yo‘nalishida bepul avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Bundan tashqari, yaqin kelajakda poytaxtning boshqa yo‘nalishlaridan ham bepul avtobuslar qatnovini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Tantanali ochilish marosimi bozorning ichki tizimi kabi ulug‘vor bo‘lishni va’da qilmoqda.

Ko‘pgina tadbirkorlar "Foodcity"ning qulayligi va texnologik imkoniyatlariga baho berib bo‘lishdi! Farhod Mannopovning so‘zlariga ko‘ra, bozor juda qulay, ikkita kirish joyi bor – biri yengil, ikkinchisi yuk mashinalari uchun.

 “Biz majmuaga tirbandliksiz yetib keldik, bu yerda katta avtoturargoh bor yekan. Bozordagi tartib va ozodalik a’lo darajada. Bu yerda mahsulot sifatiga alohida e’tibor qaratilgani menga yoqdi. Bozorda vakuumli saqlash texnologiyasiga ega maxsus muzlatgichlar mavjud bo‘lib, ularda oksidlanish sodir bo‘lmaydi, bakteriyalar rivojlanmaydi, ya’ni muzlatilgan oziq-ovqat uzoqroq saqlanishi mumkin”,  deydi u.

Savollaringiz bo‘lsa, quyidagi telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin: +998 55 500-00-04

"FOODCITY" menejerlari har kuni soat 9:00 dan 18:00 gacha Sizning xizmatingizda!

Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring f-city.uz

Instagram’da yangiliklardan boxabar bo‘ling 

Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling

Facebook’da do‘stlaringiz bilan bo‘lishing 

YouTube'da bizni kuzatib boring

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

118

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing