O‘zbekistonning 4 hududida emlanganlar 50 mingdan oshdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Kecha, 23 aprel kuni O‘zbekiston hududlari bo‘ylab, jami 18 422 nafar kishi COVID-19 ga qarshi emlandi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shu tariqa ayni kungacha mamlakatda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolar soni 528 751 nafarga yetdi. 

23 aprel kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:

  • Surxondaryo viloyati (2965 nafar);
  • Qashqadaryo viloyati (2418 nafar);
  • Samarqand viloyati (2298 nafar);
  • Toshkent viloyati (1862 nafar);
  • Namangan viloyati (1800 nafar);
  • Farg‘ona viloyati (1656 nafar) band qildi. 

E’tiborli jihati shuki, koronavirusga qarshi emlangan jami aholi soni:

  • Farg‘ona viloyatida 72 413 nafar;
  • Namangan viloyatida 56 760 nafar; 
  • Andijon viloyatida 51 770 nafar;
  • Samarqand viloyatida 51 500 nafar tashkil qilmoqda.

Emlash jarayonlari davom etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

25

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing