O‘zbekistonlik shaxmatchi qiz jahon chempioni bo‘ldi

Sport 13591
image

Gretsiyaning Rodos shahrida rapid va blits yo‘nalishi bo‘yicha FIDE 2022-yilgi yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati yakunlandi.

Rapid yo‘nalishida O‘zbekiston vakili Umida Omonova oltin medalni qo‘lga kiritdi. U blits yo‘nalishida ham 9 ta imkoniyatdan 8,5 ball to‘plab birinchi o‘rinni egalladi.

Shu tariqa, Gretsiyada Umida Omonova “16 yoshgacha bo‘lgan qizlar” guruhida ikki yo‘nalish, ya’ni rapid va blits bo‘yicha chempion bo‘ldi.

Blits yo‘nalishi bo‘yicha Humoyun Begmuratov 9 ta imkoniyatdan 7 ball jamg‘argan holda ikkinchi o‘rinni egallab, o‘zining “Open12” guruhida har ikki yo‘nalish, ya’ni rapid va blits bahslarida kumush medal sohibiga aylandi.

Blits yo‘nalishida yana bir o‘zbekistonlik Almas Rahmatullayev “Open16” guruhida 4-o‘rinni egalladi.

Eslatib o‘tamiz,  o‘tgan yilning 28 dekabr kuni o‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov Polsha poytati Varshavada o‘tkazilgan jahon chempionatida tezkor shaxmat bo‘yicha eng yosh jahon chempioni bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, 17 yoshli shaxmatchi “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti, Toshkent shahridan 2 xonali uy va 250 million so‘m pul bilan taqdirlangan.

Sunnatilla Abdullayev
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 559
Reyting: 3
Teglar
t
×