O‘zbekistonlik qiz og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi

Sport

image

O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi Gretsiyaning Iraklion shahrida o‘tayotgan og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘olib bo‘ldi.

Qizlar o‘rtasida -87 kg vazn toifasida Tursunoy dast ko‘tarish va siltab ko‘tarish mashqida jahon chempionligini qo‘lga kiritdi.

Dast ko‘tarish mashqida Jabborova Ilk chiqishining o‘zida 101 kg, shundan so‘ng 105 va 109 kg toshni ko‘tarib, yaqqol peshqadamga aylandi.

Siltab ko‘tarish mashqida esa Tursunoy 129 kg natijasi bilan raqiblaridan bir bosh ustunligini yana bir bor isbotladi va oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Shu tariqa, ikkikurash natijasiga ko‘ra, Tursunoy 238 kg natija bilan Jahon chempioni nomiga sazovor bo‘ldi va terma jamoamiz hisobiga uchta oltin medal qo‘shib qo‘ydi.

Ma’lumot uchun, bugun yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 5 ta oltin medal va bitta kumush medalni qo‘lga kiritdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

556

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing