O‘zbekistondagi o‘lim holatlarining asosiy sababi ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekistonda 30-70 yoshdagi aholi o‘rtasida o‘lim holatlarining 53 foizi hanuzgacha yurak-qon tomir kasalliklariga to‘g‘ri kelmoqda. Bu haqda bugun, 9 noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev yurak qon-tomir va endokrin kasalliklarning oldini olish va ularni davolash tizimini takomillashtirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qildi.

“So‘nggi besh yilda yurak-qon tomir kasalliklari 20 foizga, hatto yoshlar orasida ham ko‘paygan. 40 yoshdan yuqori aholining 20-25 foizida gipertoniya alomatlari mavjud. 

Umuman, o‘tkazilgan xatlovlar natijasiga ko‘ra, respublika bo‘yicha 4 millionga yaqin aholi orasida yurak-qon tomir kasalliklari aniqlangan bo‘lib, umumiy aholining 12 foizini tashkil etadi”, degan Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbarining ta’kidlashicha, bunday kasalliklarga chalingan aholi soni Namanganda – 18 foiz (450 ming nafar), Farg‘onada – 17 foiz (600 ming), Buxoroda – 14 foiz (230 ming), Qashqadaryoda – 13 foiz (470 ming)ni tashkil etib, respublika ko‘rsatkichidan yuqori. 

Toshkent shahri, Buxoro, Navoiy va Toshkent viloyatlarida yurak-qon tomir kasalliklarining og‘ir asoratlari qolgan hududlarga nisbatan baland.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev o'lim

Baholaganlar

700

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing