O‘zbekistonda tug‘ilgan fuqaroligi yo‘q shaxslarga oid muhim o‘zgarish bo‘ladi

Jamiyat

image

Endilikda O‘zbekistonda tug‘ilgan fuqaroligi bo‘lmaganlarga fuqarolik olish uchun uzluksiz 5 yil yashash talab etilmaydi. Bu haqda Prezident tomonidan imzolangan “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi qonunda so‘z boradi.

Qonunga “identifikatsiyalovchi ID-kartasi” tushunchasi kiritildi. O‘zgartirishga ko‘ra, 2005 yil 1 yanvarga qadar O‘zbekistonda doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan hamda muqaddam chet davlat fuqaroligida bo‘lmagan shaxs xohish bildirgan taqdirda, O‘zbekiston fuqarosi deb tan olinadi.

Shuningdek, ota-onasidan biri (yolg‘iz otasi yoki onasi) O‘zbekiston fuqarosi deb tan olingan, chet davlat fuqaroligini qabul qilmagan va O‘zbekistonda yashab kelayotgan bola xohish bildirgan taqdirda, O‘zbekiston fuqarosi deb tan olinadi.

Qonunga ko‘ra, endilikda O‘zbekiston fuqarosi deb tan olish uchun faktlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, ariza beruvchi ushbu faktlarni sud tartibida aniqlashi mumkin.

Bundan tashqari, O‘zbekiston hududida tug‘ilgan va yashab kelayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston fuqaroligini olish maqsadida iltimosnoma bilan murojaat qilgan kunga qadar 5 yil davomida (fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga yashash guvohnomasi olingan kundan e’tiboran) uzluksiz yashash sharti bekor qilinishi belgilandi.


Maqola muallifi

Teglar

pasport Fuqarolik

Baholaganlar

99

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing