O‘zbekistonda siam egizaklari tug‘ilgani rostmi? Vazirlik izoh berdi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda siam egizaklari dunyoga kelgani haqida xabar tarqalmoqda. Unda onada homiladorlik davridagi shamollash tufayli embrion hujayralarida yuz bergan o‘zgarish sabab chaqaloq shu ahvolda dunyoga kelgan, deyilgan. Sog‘liqni saqlash vazirligi ushbu xabarlar yolg‘on va asossiz ekanini ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, SSV Matbuot xizmati vaziyatga aniqlik kiritish maqsadida vazirlikning Bolalikni muhofaza qilish bo‘limi boshlig‘i Nilufar Mansurova bilan bog‘langan. Mas’ul xodimga ko‘ra, ayni paytda mamlakatdagi birorta muassasada bunday tug‘ruq qayd etilmagan. 

Shu sababdan, vazirlik ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilaridan va internet sahifalari ma’murlaridan yolg‘on va asossiz xabarlar tarqatmaslikni so‘ragan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

3550

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing