O‘zbekistonda ochiq osmon ostida ilk imtihon o‘tkazildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda ilk bora ochiq stadionlarda o‘tkazilishi belgilangan test sinovlariga start berildi. Kecha, 20 avgust kuni Olmaliqdagi abituriyentlar dastlabki imtihonni topshirishdi. Bu haqda Toshkent viloyat hokimligi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, Rossiya Federatsiyasining Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISiS”ning Olmaliq filialiga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun ilk imtihon bo‘lib o‘tdi. 1309 nafar hujjat topshirgan abituriyentlardan 1146 nafari matematika fanidan birinchi sinovdan o‘tishgan.

Ochiq havoda o‘tkazilgan imtihonni shaffof va adolatli o‘tishini ta’minlash maqsadida, 4 ta sektorga bo‘lingan guruhlarga 130 dan ortiq kuzatuvchilar biriktirilgan. 

Ta’kidlanishicha, imtihonlar karantin talablariga qat’iy rioya qilingan holda tashkil etildi. Stadionga kirish yo‘laklari dezinfeksiya tunellari, zarur jihozlar, videokuzatuv uskunalari va yoritish moslamalari bilan ta’minlangan.

 

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

542

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing