O‘zbekistonda “Mehr daftari” tizimi yo‘lga qo‘yiladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga tarbiya muassasalaridagi bolalar muammolarini o‘rganish hamda hal etish bo‘yicha “Mehr daftari” tizimini hayotga tatbiq etish vazifasi yuklatilmoqda. Bu haqda “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori loyihasida ko‘zda tutilgan.

Bunda:

  • 2021 yil 1 noyabrdan “Mehr daftari”ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armalari tashkil etiladi;
  • Jamg‘arma mablag‘lari homiylik, alkogol mahsulotlari ulgurji savdo korxonalari sof tushumining 3 foizi miqdoridagi ajratma (yillik 85 mlrd so‘m) hisobidan shakllantiriladi.

Shuningdek, yetim bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlanmoqda.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda yordamga muhtoj aholi qatlamini qamrab oluvchi "Temir daftar", "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari" yuritilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

90

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing