O‘zbekistonda kinochilar uchun ham mukofot ta’sis etildi

Madaniyat-san’at

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan “Kinematografiya fidokori” ko‘krak nishoni ta’sis etildi va unga oid nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi. 

Nizomga ko‘ra, ko‘krak nishoni bilan milliy kinematografiya sohasini rivojlantirish, badiiy va g‘oyaviy jihatdan yetuk filmlar yaratish, milliy filmlarni keng targ‘ib qilishga munosib hissa qo‘shgan shaxslar taqdirlanadi.

Davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan ko‘krak nishoni bilan taqdirlash uchun nomzodlar bo‘yicha takliflar har yili 1 dekabrgacha Kinematografiya agentligiga beriladi.

Taqdirlashga oid takliflarni ko‘rib chiqish uchun Agentlik bosh direktori tomonidan 5 kishilik komissiya tuziladi.

Komissiya tomonidan 20 dekabrgacha munosib nomzodlar bo‘yicha xulosa qabul qilinadi va u asosida bosh direktor buyrug‘i 25 dekabrgacha qabul qilinadi.

Ko‘krak nishoni har yili 28 dekabr – Xalqaro kino kuni arafasida tantanali topshiriladi.

Ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlarga BHMning 4 baravari (1,2 mln so‘m) miqdorida pul mukofoti beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

329

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing