O‘zbekistonda bolalar ishtirokidagi YTHlar ham, qurbonlar ham ortgan

Jamiyat

image
Xorazmdagi mudhish YTHda 4 nafar o‘quvchi halok bo‘ldi north_east

Xorazmdagi mudhish YTHda 4 nafar o‘quvchi halok bo‘ldi

Joriy yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonda bolalar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalari soni 25,3 foizga, ularda halok bo‘lgan bolalar soni 64,5 foizga oshdi. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tkazilgan matbuot anjumanida doirasida ma’lum qilindi. 

Qayd etilishicha, maktablarga eltuvchi yo‘llarda piyodalar uchun svetoforlarni chaqiruv moslamasiga ega bo‘lgan 185 ta zamonaviy piyodalar o‘tish joylari yetishmaydi.

“Piyodalar yo‘lakchalari tashkil etilmagani va yoritilmagani sababli erta tongda yoki tungi vaqtlarda voyaga yetmagan piyodalarning harakatlanish xavfsizligini ta’minlash imkoniyati cheklanmoqda”, deydi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik Erali Bozorov.

Ta’kidlanishicha, 2731 joyda tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyini sun’iy yoritish zarur.

Shuningdek, maktablarda o‘quvchilarga yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatish talab darajasida yo‘lga qo‘yilmagan. Hali-hanuz bu yo‘nalishda alohida darslar tashkil etilmagan. Darslar faqat boshqa fanlar hisobidan, yetarli malakaga ega bo‘lmagan o‘qituvchilar tomonidan olib borilmoqda.

2021 yilning dastlabki 4 oyi davomida bolalar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalari soni 25,3 foizga, ularda halok bo‘lgan bolalar soni 64,5 foizga oshib ketgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

21

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing