O‘zbekistonda ba’zi ayollar erkaklardan ham yaxshi o‘ynayapti – Ravshan Ermatov

Sport

image

Xabaringiz bor, avvalroq, bugun, 29 iyun kuni O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi majlislar zalida O‘FAning yangi birinchi vitse-preztidenti Ravshan Sayfuddinovich Ermatov ishtirokida OAV vakillari uchun Matbuot anjumani bo‘lib o‘tayotgani haqida xabar bergan edik.

Matbuot anjumanida ishtirok etayotgan QALAMPIR.UZ muxbirining ma’lum qilishicha, endi natija so‘rashdan oldin O‘FA tomonidan avvalo murabbiylarga barcha sharoit yaratiladi. 

“Yanvar oyida Olimpiya terma jamoamiz Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma olish uchun Osiyo chempionatida kurash olib boradi. Noyabr oyida U-19 terma jamoamiz Osiyo chempionati saralashida ishtirok etadi. Sentyabr oyida U-16 terma jamoasi ham saralshada o‘ynaydi. Bu saralashga Toshkent shahri mezbonlik qiladi. Milliy terma jamoamiz JCH-2022 saralashini boshlaydi. Har bir terma jamoa murabbiylari bilan suhbatlashdik va ularga kerakli sharoitlar yaratib beramiz. Oldin ularga sharoit yaratish kerak keyin natija talab qilamiz.

Futzalni oldingidek saviyaga olib chiqish ustida ish olib boryapmiz. Mana ayollar futboli ham yildan yilga rivojlanib bormoqda. Shuni tan olish kerak, ba’zi ayollar erkaklardan ham yaxshi o‘ynaydigan bo‘lib ketdi”, deya ta’kidladi Ravshan Ermatov.


Maqola muallifi

Teglar

O'FA Ravshan Ermatov

Baholaganlar

29

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing