O‘zbekistonda 8 oyda qancha nikoh qayd etilgani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston bo‘yicha 174 ming 998 ta nikoh holatlari qayd etilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, eng ko‘p nikoh tuzish holati avgust oyida, eng kam esa fevral oyida kuzatilgan. Xususan, birgina avgust oyining o‘zida 31 ming 519 ta nikoh ro‘yxatga olingan.

2021 yilning o‘tgan 8 oyida qayd etilgan nikohlar soni:

•  Yanvar oyida – 19 703 ta
•  Fevral oyida – 16 346 ta 
•  Mart oyida – 23 829 ta
•  Aprel oyida – 17 236 ta 
•  May oyida – 19 722 ta
•  Iyun oyida – 22 152 ta
•  Iyul oyida – 24 491 ta
•  Avgust oyida – 31 519 ta

Ma’lumot o‘rnida, ushbu raqamlar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 36 ming 288 taga ko‘p.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyun oyida O‘zbekistonda jami 22 153 ta nikohdan o‘tish holati qayd etilgan. Shulardan eng ko‘p nikoh Samarqand viloyatida  (2787 ta), eng kami esa Sirdaryoda (585 ta) kuzatilgan.

Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

174

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing