O‘zbekistonda 10 kunda 54 kishi YTH qurboni bo‘ldi

Jamiyat

image

Joriy yilning 21-31 yanvar kunlari O‘zbekistonda 125 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Ularda jami 54 nafar odam halok bo‘ldi va 93 nafari jarohatlandi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi maxlum qildi.

YTHlarning 12 tasi bolalar ishtirokida, 55 tasi piyoda ishtirokida va 2 tasi mast haydovchi ishtirokida yuz bergan.

Respublika bo‘yicha 33 ta holatda YTHlarga piyodalarning yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tishi sabab bo‘lgan. Ob-havo sharoiti, piyodalarni yo‘ldan o‘tishi uchun sharoitning yetarli emasligi va velosipedlar yo‘lagi yo‘qligi ortidan 21 ta avariya yuz bergan.

71 ta YTH haydovchilarning piyodani ko‘rmay qolishi (17 ta), tezlikni oshirishi (16 ta), harakat davomida yo‘nalishni o‘zgartirishi (14 ta), haydovchining rulda uxlab qolishi (8 ta), quvib o‘tishda qoidani buzishi (6 ta), ehtiyotsizlik (4 ta), oraliq masofani saqlamaslik (3 ta), tajribasizlik (1 ta) va svetoforning qizil chirog‘iga rioya qilmaslik (2 ta) ortidan kelib chiqqan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

56

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing