O‘zbekiston va Turkiya strategik hamkorlik kengashining ikkinchi yig‘ilishiga tayyorlanmoqda

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Bugun, 9 mart kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘lu bilan uchrashuvi hamda ikki mamlakat TIV rahbarlari boshchiligida Strategik rejalashtirish guruhining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar chog‘ida bo‘lajak qo‘shma tadbirlarga, xususan, oliy darajadagi O‘zbekiston-Turkiya strategik hamkorlik kengashining ikkinchi yig‘ilishiga tayyorgarlikning tashkiliy masalalari ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishda tomonlar parlamentlararo muloqotni mustahkamlash, hududlararo hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha, shuningdek, ilmiy-ta’lim sohasidagi sheriklikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi. 

O‘zbekistonda Baxcheshehir universiteti filialini ochish, shuningdek Xo‘ja Bayram Vali nomidagi universitet bilan birgalikda Farg‘ona oliy turizm maktabini tashkil etish bo‘yicha fikr yuritildi.

Strategik rejalashtirish guruhi yig‘ilishi yakunlangach, ikki mamlakat tashqi siyosiy idoralari rahbarlari O‘zbekiston va Turkiya tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2022-2023-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi va Tarjima xizmatlari sohasida o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladilar.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Turkiya

Baholaganlar

21

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing