O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga direktor tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga yangi direktor tayinlandi. Yangi agentlik “O‘zstandart” agentligining vorisi sifatida tashkil etilgandi.

Qayd etilishicha, Dilshod Ne’matovich Sattorov O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktori etib tayinlangan.

Ma’lumot o‘rnida, Dilshod Sattorov O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktori etib tayinlangunga qadar “O‘zstandart” agentligini boshqargan.

Avvalroq “Texnik jihatdan tartibga solish sohasida davlat boshqaruvini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi Prezident farmoni qabul qilingandi. Unga muvofiq, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tashkil etilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

64

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing