O‘zbekiston Rotshild sulolasi kompaniyasi bilan hamkorlik boshlagan – Prezident

Jamiyat

image

O‘zbekiston XVIII asrdan boshlangan Rotshild yahudiy bankirlari va jamoat arboblarining Yevropadagi sulolasiga oid bo‘lgan “Rotshild” kompaniyasi bilan hamkorlikni boshlagan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaatnomasida ma’lum qildi. 

Prezidentning qayd etishicha, 2021 yilda 32 ta strategik yirik korxona va tarmoqni transformatsiya qilish bo‘yicha choralar ko‘riladi.

“Tan olish kerak, mutaxassislarning bilim va malakasi, yirik korxonalarning texnik imkoniyatlari, ularni mustaqil transformatsiya qilish uchun yetarli emas”, deydi davlat rahbari. 

Prezident Shavkat Mirziyoyevga ko‘ra, elektr energetikasi, neft-gaz, kimyo sanoati, mashinasozlikdagi yirik korxonalar va tijorat banklarini transformatsiya qilish jarayonlariga Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki hamda “MakKinzi”, “Boston konsalting Grupp”, “Rotshild” kabi xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlik boshlangan. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

320

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing