O‘zbekiston hammuallifiga aylangan vaksina JSSTda ro‘yxatdan o‘tmoqda

Jamiyat

image

Innovatsion rivojlanish vazirligining Ilg‘or texnologiyalar markazi biotexnologiya laboratoriya mudiri Dilbar Dolimovaning ma’lum qilishicha, ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasi Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotida ro‘yxatdan o‘tish arafasida turibdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘zbek-xitoy vaksinasi 99 foiz xavfsiz va 97 foiz samarali hisoblanadi.

Dolimovaning ta’kidlashicha, so‘nggi tadqiqotlar vaksina koronavirusning Buyuk Britaniya va Janubiy Afrika Respublikasida aniqlangan shtammlariga qarshi samarali ekanini ko‘rsatgan.

Vaksinani oddiy muzlatgich haroratida (8 darajagacha) saqlash va tashish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Xitoyning “Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co.,Ltd” kompaniyasining koronavirusga qarshi ZF-2001 vaksinasi sinovlarida faol ishtirok etgani, shuningdek, klinik tadqiqotlarga hissasini qo‘shgani uchun preparat hammuallifi sifatida tan olingandi. ZF-2001 vaksinasi tez orada O‘zbekistonda ZF-UZ-VAC 2001 nomi bilan tarqatilishi kutilyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus vaktsinasi

Baholaganlar

279

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing