O‘zbek-qirg‘iz chegarasi bo‘yicha muammolar qolmadi. Qaysi hududlar Qirg‘izistonga o‘tyapti?

Jamiyat

image

Avvalroq, 22 mart kuni o‘zbek-qirg‘iz davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha Qirg‘iziston hukumati delegatsiyasi rahbari – Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Kamchibek Tashiyev Toshkentga uchib kelgani haqida xabar bergan edik. 

Kamchibek Tashiyev 24-25 mart kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Qirg‘iziston va O‘zbekiston delegatsiyasi o‘rtasidagi uchrashuv natijasi haqida ma’lumot berdi. Bu haqda “AKIpress” nashri yozmoqda.

“Biz juda qiyin masalalarni ko‘rib chiqdik. Endi bahsli hududlar yo‘q, masala 100 foizga hal qilindi. Ikki kunlik muzokaralarda Qirg‘iziston 8000 gektar yer oldi“, deydi Tashiyev.

Tashiyevga ko‘ra, tomonlar qirg‘iz-o‘zbek chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha ijobiy dinamikani qayd etgan. Ular chegaraning qolgan uchastkalarini belgilash bo‘yicha o‘zaro takliflarni muhokama qilgan.

Tashiyevning ta’kidlashicha, tomonlar quyidagi shartlar asosida loyiha chizig‘ini 312-sonli chegara punktidan 312/3-sonli chegara punktigacha gorizontal holda o‘tadigan Kampirobod (Andijon) suv omborining 900 gorizontal qismini O‘zbekiston hududida qolishiga kelishib olgan:

  • 900 gorizontaldan yuqori bo‘lmagan darajada to‘ldirishni nazarda tutgan holda Kampirobod suv omborining suv resurslarini birgalikda boshqarish to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim tuzish;
  • o‘zbek tomoni Qirg‘iziston fuqarolarining suv va undan foydalanish (sug‘orish, baliq ovlash va boshqalar) imkoniyatini ta’minlashi;
  • O‘zbekiston tomoni suv ombori havzasi atrofida muhandislik inshootlarini o‘rnatmaslikni o‘z zimmasiga oladi.

Shuningdek, Tashiyevning ta’kidlashicha:

  • O‘zbekiston demarkatsiya paytida, Qirg‘izistonga mamlakatning Andijon viloyati chegarasidagi 304 va 312-sonli chegara punktlari oralig‘ida, O‘sh viloyatining O‘zgen tumaniga va Jalolobod viloyatining Suzoq tumaniga tutashgan 1000 gektar yer maydonini beradi;
  • shu munosabat bilan tomonlar Qirg‘iziston va O‘zbekiston suv xo‘jaligi tashkilotlariga Kempirobod suv omborining suv resurslaridan birgalikda foydalanish va boshqarish to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim loyihasini ishlab chiqishni topshirgan;
  • tomonlar O‘zbekistonga 50 gektarga yaqin yer qoldirib, Shahrixonsoy kanalining (chap tomoni), Andijon suv ombori to‘g‘onini 312 va 312/3 sonli chegara punktlari hududi deb belgilashga kelishib oldilar;
  • O‘zbekiston tomoni chegaralarni belgilash paytida tovon puli asosida  O‘sh viloyatining O‘zgan tumaniga tutash bo‘lgan 304 va 312-sonli chegara punktlari oralig‘idagi yer maydonlarini Qirg‘iziston tomoniga topshiradi;
  • Orto-Tokoy (Kosonsoy) suv ombori qurilishi uchun ajratilgan yerning o‘rnini qoplash uchun 23 va 24-sonli chegara punktlari oralig‘idagi 105 gektar yerni Qirg‘iziston Respublikasi hududida qoldiriladi;
  • Bayastan hududi, 81 va 82-raqamli chegara nuqtalari orasidagi 212 ga yer Qirg‘iziston hududida qoladi;
  • Savay hududi, 312/4 va 312/6-raqamli chegara nuqtalari orasidagi 100 ga yer Qirg‘iziston hududida qoladi;
  • Unkar-Too hududi, 113 va 114-raqamli chegara nuqtalari orasidagi 35 ga yer Qirg‘iziston hududida qoladi;
  • demarkatsiya vaqtida Beles hududi qayta xatlovdan o‘tkaziladi, 25 va 27-raqamli chegara nuqtalari orasidagi 25 ga yer Qirg‘iziston hududida qoladi;
  • qo‘shma dala tadqiqotlaridan so‘ng Gavasoy hududi xatlovdan o‘tkaziladi, bunda Kampir-Obod kanalining qurilmagan chap sohili evaziga Qirg‘izistonga 8000ga yer qoldiriladi.

Shuningdek, tomonlar Chechme (Chashma) bulog‘idan birgalikda foydalanish to‘g‘risida hukumatlararo bitim loyihasini tayyorlashga kelishib olgan. Tomonlar ishchi guruhlarga qo‘shma joylarda tadqiqotlar o‘tkazish va yuqoridagi hududlarni belgilash bo‘yicha takliflar tayyorlashni buyurgan.


Maqola muallifi

Teglar

chegara Unkar-Too o'zbek-qirg'iz

Baholaganlar

1772

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing