O‘zbek futbolidagi parda ortidagi qing‘irliklar haqida ochiq intervyu

Intervyu

Oxirgi ikki yillikda O‘zbekiston Respublikasida futbolning holati qanchalik o‘zgardi? Futbolning tepasida bo‘lgan rahbarlar uning rivoji uchun nimalar qila oldi-yu, nimalar hali ham islohotga muhtoj?

Bu kabi ko‘pchilikka mavhum bo‘lgan muammoli savollar bilan QALAMPIR.UZ muxbiri O‘zbekiston PFL bosh direktori Omonjon Fayzullayevich G‘ofurov huzurida mehmonda bo‘ldi. 10 iyun soat 19:00. Va’da qilganimizdek bu qiziqarli suhbat ayni damda sizning e’tiboringizga havola etilmoqda. PFL rahbari o‘z faoliyati davomida taqdim etgan birinchi katta intervyuni hozirning o‘zida yuqoridagi slayderda, YouTube’dagi sahifamizda tomosha qilishingiz mumkin. Ko‘rsatuv homiysi CocaCola.

Ma’lumot uchun, 2017 yilda tashkilot direktorligiga Omonjon G‘ofurov tayinlandi. “Bugungi kunda tashkilot tomonidan ichki chempionat saviyasini ko‘tarish uchun bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda”, degan gaplarni ko‘p eshityapmizu natija maqtanishga arzigulik emas. Oldinda hal etilishi kerak bo‘lgan muammolar talaygina. 

O‘zbekiston hududida tashkil etiladigan futbol bo‘yicha ichki musobaqalarga mas’ul bo‘lgan tashkilot rahbari biz bilan suhbatda bugungi kunda o‘zbek futbolidagi og‘riqli nuqtalar, amalga oshirilgan va oshirilishi kerak bo‘lgan dolzarb masalalar bo‘yicha ochiq-oydin o‘z mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

Suhbat davomida Omonjon G‘ofurov PFL rahbari sifatida qancha oylik maoshga ishlayotgani haqida ro‘y-rost aytib o‘tdi. Bundan tashqari PFL rahbari o‘zbek klublarining xususiylashtirish jarayonlari, klublardagi marketing tizimi,  Pro ligasining qanday qilib yana havaskor ligaga aylanib qolgani va bunga kim aybdor ekanligiga ham oydinlik kiritib o‘tdi.

Shuningdek intervyu jarayonida, ko‘pchilikni qiziqtirgan quyidagi mavzularga ham G‘ofurov tomonidan batafsil javob berilgan:

•    Alisher Usmonovning “Paxtakor” klubini sotib olishi;

•    MTJ boshqaruvida Ektor Kuper oldiga qo‘yilgan vazifalar;

•    O‘zbekistonda futbolni rivojlantirish uchun hamma narsaga qo‘li yetadigan odam;

•    6 yilga futboldan chetlatilgan Ilhom Mo‘minjonov ishining asl sababalari;

•    Superliga klublarida sodir etilgan moliyaviy qing‘irliklar;

•    chempionatdagi hakamlik muammolari va ularning sabablari.

Shuningdek, PFL direktori suhbat davomida, Ilhom Mo‘minjonov qaysi klublar bilan kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etgani, PFL rahbari sifatida qancha oylik maoshga ishlayotgani, Superligada hakamlar qaysi jamoaga qarshi ishlayotgani, jamoalarga har mavsumda necha mlrd so‘m ajratilishi, nega har doim chempionat o‘yinlari kech boshlanishi bilan bog‘liq tanqidiy savollarga ham ochiq javob berdi.


Maqola muallifi

Teglar

PFL Omon G'ofurov

Baholaganlar

197

Reyting

4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing