“O‘rgangan ko‘ngil o‘rtansa qo‘ymas”. O‘zbekiston bu safar ham Jahon chempionatiga chiqa olmadi

Sport 30272
image
-

2022 yilgi Jahon chempionati saralashi doirasida Osiyo mintaqasi “D” guruhidan o‘rin olgan 8-turning markaziy uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. Saudiya Arabistoni hamda O‘zbekiston o‘rtasidagi uchrashuv mezbonlarning 3:0 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakunlandi.

Shu tariqa, Vadim Abramov boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi keyingi bosqich yo‘llanmasidan mahrum bo‘lib, Jahon chempionatiga chiqish imkoniyatini qo‘ldan chiqardi. Jamoa 15 ochko to‘plagan holda guruhni ikkinchi o‘rinda yakunladi. O‘zbekiston terma jamosi, odatda, bu bosqichdan doimo o‘tib kelgan.

Shuningdek, terma jamoa yig‘ini ham yakunlandi. Keyingi yig‘in joriy yilning sentyabr oyida, Osiyo chempionatiga saralash doirasida bo‘lib o‘tadi.

Abdulla Mannonov
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 1884
Reyting: 3
t
×