Unga vaqt kerak – Ronaldu MYU bosh murabbiyi haqida

Sport

image

“Manchester Yunayted” futbolchisi Krishtianu Ronaldu bosh murabbiy Ralf Rangnik haqida o‘z fikrlarini aytdi.

“Besh hafta avval u jamoaga keldi va ko‘p narsalar o‘zgardi. Ba’zi nuqtalarda yaxshilandik. Ammo o‘z g‘oyalarini o‘yinchilarga yetkazish uchun vaqt kerak. Men uning samarali ishlar qilishiga ishonaman. Biz eng zo‘r futbol o‘ynamasligimizni bilamiz, lekin o‘yin sifatini oshira olamiz. Futbolchilarning mentaliteti, o‘yin uslubi, madaniyat va tizimni o‘zgartirish oson emas. Men ishonamanki, u yaxshi natijaga erishadi”, deydi Ronaldu.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yil noyabr oyi oxirida germaniyalik mutaxassis “Qizil iblislar” murabbiyi etib tayinlanganidan beri Krishtianu Ronaldu bor-yo‘g‘i ikki marta gol urdi va ko‘pchilik 36 yoshli forvardning faol bosimga asoslangan Rangnik tizimiga kirib keta oladimi, degan savol ko‘pchilikni qiziqtirmoqda.

Ma’lumot uchun, MYU Ralf Rangnik jamoaga kelganidan buyon uning qo‘l ostida mankunianliklar 7 ta o‘yin o‘tkazib, ularning to‘rttasida g‘alaba qozongan va bitta bahsda mag‘lub bo‘lgan. 
 


Maqola muallifi

Teglar

MYu Ronaldu Rangnik

Baholaganlar

86

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing