Unga doim ishonch bildiraman — Angliya murabbiyi Xorvatiyaga qarshi o‘yin qahramoni haqida gapirdi

Sport 1103
image

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt Yevro-2020 1-turidan o‘rin olgan Xorvatiyaga qarshi bahs xususida o‘z fikrlarini bildirdi.

“Xorvatiya kuchli raqib ekanligini bilardik, shunga yarasha tayyorlangan ham edik. Ko‘pchilik menga Sterlingning keraksiz o‘yinchi ekanligini, undan foyda chiqmasligini ta’kidlagan edi, biroq men unga ishonch bildirdim va u buni oqlab, g‘alaba golini urishga muvaffaq bo‘ldi. Shu sabab unga ishonch bildirishda davom etaman. Menga uni qancha yomonlashsa ham, men uni asosiy tarkibda o‘yinga tushirishda davom etaman”, deydi Sautgeyt.

Eslatib o‘tamiz, Angliya hamda Xorvatiya o‘rtasidagi 1-tur uchrashuvi inglizlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan hamda yagona golga 57-daqiqada Rahim Sterling mualliflik qilgandi.

Ma’lumot uchun, “Manchester Siti” futbolchisi bu mavsum zaxira o‘rindig‘iga mixlanib qolgani bois, jamoasini o‘zgartirishini ma’lum qilgandi. Biroq hozircha rasmiy xabar e’lon qilinmadi. Sterling bu mavsum jami 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol hamda 7 ta golli uzatma amalga oshirishga muvaffaq bo‘lgan.

Abdulla Mannonov
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 6
Reyting: 3.3
t
×