Ular o‘zi nima uchun oylik olyapti? – Prezident ishlamayotgan vazir va “zamministr”lar haqida

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Bir yilda O‘zbekistonda 10 milliard dollarlik elektr va gaz iste’mol qilinadi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyot tarmoqlari, aholi va ijtimoiy soha ob’ektlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida aytib o‘tdi.

Qayd etilishicha, yig‘ilishda Prezident vazir va uning o‘rinbosarlarini hisob-kitob qilib, energiya sarfini qisqartirish bo‘yicha tashabbus ko‘rsatmaganini tanqid qilgan.

“Nima uchun ushbu yig‘ilishni o‘zim o‘tkazayapman? “Inson qadrini ulug‘lash” yilida har bir fuqaromizning xonadonida yaxshi yashashiga sharoit yaratishimiz zarur.

Bir narsani aniq tushunish kerak. Bir yilda O‘zbekistonda 10 milliard dollarlik elektr va gaz iste’mol qilinadi.

Agar buning 10 foizini iqtisod qilishni o‘rgansak, bu 1 milliard dollarni boshqa ehtiyojlar uchun sarflashimiz mumkin.

Hokim va vazirdan tortib, mahalla raisigacha barcha darajadagi rahbarlar bu masalaning qanchalik muhimligini tushunyaptimi, bu borada o‘zining mas’uliyatini his qilayaptimi, degan savollar meni juda qiynaydi.

Qaysi vazir yoki uning o‘rinbosari hisob-kitob qilib, energiya sarfini qisqartirish bo‘yicha tashabbus ko‘rsatdi? Ular o‘zi nima uchun oylik olayapti?”, deydi davlat rahbari.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

565

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing