Ukrainada dahshatli YTH yuz berdi. O‘nlab odamlar halok bo‘ldi

Olam

image
0:00
0:00
download

Ukrainaning Rivne viloyatida mikroavtobus, yonilg‘i tashish mashinasi va yo‘lovchi avtobusi to‘qnashdi. Dahshatli yo‘l-transport hodisasida 27 kishi halok bo‘ldi.

“Avtobusdagi 38 yo‘lovchidan faqatgina 12 nafari omon qoldi. “Benzovoz” haydovchisi tirik qolgan, ammo og‘ir ahvolda. 27 nafar qurbon. Mikroavtobus haydovchisi katta ehtimol bilan Ukraina yo‘llaridagi so‘nggi 10 yilliklarda kuzatilgan eng dahshatli YTH sababchi bo‘lgan”, degan Ichki ishlar vaziri maslahatchisi Anton Gerashenko.

Rivne viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Vitaliy Kovalyaga ko‘ra, jarohatlangan 12 kishi shifoxonaga yotqizilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan qismida avtotransport harakati vaqtincha cheklangan – patrul xodimlari Rivne va Lvovdan aylanma transport qatnovini tashkil qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

621

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing