Turkiyada sohildan yana mina topildi

Olam

image

Turkiya Milliy mudofaa vazirligi Qora dengizning mamlakat qirg‘oqlarida mina topilganini ma’lum qildi.

“Bolgariya bilan chegaraga yaqin Igneada aholi punkti sohilida dengiz minasi topildi”, deyiladi Mudofaa vazirligi bugun, 28 mart kuni bergan bayonotida.

Mudofaa vazirligining ta’kidlashicha, minani zararsizlantirish uchun hodisa sodir bo‘lgan hududga harbiy-dengiz kuchlarining maxsus bo‘linmasi (SAS) yuborilgan.

Avvalroq Bosfor bo‘g‘ozidan minaga o‘xshash ob’ekt topilgani xabar qilingandi. Buning ortidan bo‘g‘ozda kemalar harakati to‘xtatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Bosfor

Baholaganlar

322

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing