Turkiston hokimi Ortiqxo‘jayev bilan ko‘rishish uchun Toshkentga keldi. Uning muddaosi – Artel

Jamiyat

image

Qozog‘iston Respublikasi Turkiston viloyati hokimi Umirzak Shukeyev boshchiligidagi delegatsiya Toshkentga kelib, shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev bilan uchrashdi. Hokimlar o‘rtasida kechgan muloqotda Shukeyev Ortiqxjayevga Artel zavodi bo‘yicha taklif bilan chiqdi. 

Uchrashuvda, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev hududlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish va kengaytirish masalasiga to‘xtalib, sanoat, turizm, sog‘liqni saqlash sohasida birgalikda ko‘plab ikki tomonlama manfaatli loyihalarni amalga oshirish mumkinligini aytgan. \

Xususan, Turkiston viloyati va Toshkent shahri o‘rtasida temir yo‘l liniyasi qurib ishga tushirilsa, sayyohlar uchun Turkiston-Toshkent-Samarqand-Buxoro-Xiva yo‘nalishida tur taklif qilish imkoniyati yaratilishi, umuman, ikki tomonda ham turizmni rivojlantirish salohiyati katta ekanligini qayd etgan. 

Turkiston viloyati hokimi Umirzak Shukeyev esa Toshkent yildan-yilga ko‘rkamlashib, taraqqiy etib borayotganligini alohida ta’kidlagan. Shahardagi qurilishlar, yangi inshootlar, bog‘lar, xiyobonlar va ishlab chiqarish quvvati tobora o‘sib borayotganini Toshkentning katta yutug‘i deya e’tirof etgan. 

U Turkiston viloyatida O‘zbekiston poytaxtida bo‘lganidek, turar joylar uchun alohida dizayn va zamonaviy sharoitlarga ega mavzelarni qurish, xiyobonlarni tashkil etish hamda o‘zaro hamkorlikda sanoat loyihalarini amalga oshirishga ehtiyoj borligini ma’lum qilgan. Xususan, Turkistonda gaz plitalari ishlab chiqarish bo‘yicha zavod ochish taklifini bildirib, buning uchun Artel kompaniyasi bilan xamkorlik qilish maqsadini bayon etgan, zavodni qurib, ishga tushirish uchun barcha sharoit borligini bildirdi.

Shuningdek, Toshkentdagi yashillik, bog‘lar va xiyobonlar andozasiga asoslangan holda o‘z hududidagi go‘zal bog‘ barpo qilish uchun mutaxassislarni kutib olish va tajribasini o‘rganishga tayyor ekanligini aytib o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

Jahongir Ortiqxo'jaev

Baholaganlar

483

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing