Tramp FQB olib qo‘ygan hujjatlar qaytarilishini talab qildi

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp Federal qidiruv byurosini (FQB) Mar-a-Lagodagi qarorgohida tintuv o‘tkazish chog‘ida olingan hujjatlarni zudlik bilan qaytarishga chaqirdi. Bu haqda Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi, deb xabar beradi TASS nashri.

Ma’lum bo‘lishicha, Federal qidiruv byurosi o‘zining mashhur reydi paytida advokat-mijoz materiallari qutilarini (advokat va mijozning maxfiy hamkorligi to‘g‘risida), shuningdek, “ijro etuvchi hokimiyat” materiallarini (AQSH Prezidenti va boshqa ijro hokimiyati vakillarining sudlar va qonun chiqaruvchi organlardan ma’lum maxfiy xabarlarni yashirish huquqi) olib ketgan.

“Buni ular olmasliklari kerak edi. Bu hujjatlarni olib ketilgan joyga zudlik bilan qaytarishingizni so‘rayman”, deydi sobiq Prezident.

Eslatib o‘tamiz, Donald Tramp joriy yilning 8 avgust kuni FQB agentlari uning Floridadagi qarorgohida tintuv o‘tkazgani haqida xabar bergan edi.

Shundan so‘ng, Federal qidiruv byurosi (FQB) AQSHning sobiq Prezidenti Donald Trampning Floridadagi mulkida yadroviy qurolga oid maxfiy hujjatlarni qidirgani haqida xabarlar tarqaldi. Keyinroq FQB Trampning qarorgohidan 11 ta maxfiy hujjat topgani, ularning orasida “o‘ta maxfiy” tasnifidagi materiallar ham borligi ma’lum bo‘ldi. 

Qayd etish kerakki, joriy yil boshida Milliy arxiv Tramp Floridadagi shaxsiy qarorgohiga 15 quti prezidentlik yozuvlarini olib ketganini aytgan edi. Taxminlarga ko‘ra, qutilarda “milliy xavfsizlikka oid maxfiy ma’lumotlar” hamda Tramp va xorijiy davlat rahbarlarining rasmiy yozishmalari bo‘lgan.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Tramp

Baholaganlar

70

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing