Tojikistonda O‘zbekiston hisobidan mamlakatda muqobili yo‘q tibbiy markaz qurildi

Jamiyat

image

2018 yil ikkinchi yarmida O‘zbekiston tomonidan Tojikiston janubidagi Kubodiyon tumanida qurilish boshlangan zamonaviy tibbiyot majmuasi to‘liq bitkazildi va u bemorlarni qabul qilishga tayyor. Bu haqda “Asiaplus” xabar berdi.

Tojikistonning iltimosiga binoan, O‘zbekiston hukumati ushbu majmuada qo‘shimcha ravishda COVID -19 bilan kasallanganlarni qabul qilish-tarqatish markazini qurdi.

Majmua qurilishi bilan bir qatorda uskunalar bilan jihozlanishi ham O‘zbekiston tomonidan “O‘zbekneftgaz” AJ hisobiga amalga oshirilgan.

Ta’kidlanishicha, Kubodiyonda rasmiy Toshkent tomonidan qurilgan va jihozlangan COVID-19 bemorlarini qabul qilish va taqsimlash markazining bugungi kunda Tojikistonda muqobili yo‘q.

Bu yerda o‘rnatilgan uskunalar odamda koronavirus infeksiyasi mavjudligini tezda aniqlashga imkon beradi, so‘ngra aniqlangan COVID-19 kasallari malakali yordam olish uchun viloyat va poytaxtdagi shifoxonaga yuboriladi.

Markaz qurilishi 2018 yil mart oyida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Dushanbega tashrifi davomida ma’qullangan loyihalaridan biridir.

Bundan tashqari, kelishuvlar doirasida, 2020 yil sentyabr oyida O‘zbekistonni mablag‘lari hisobiga, So‘g‘dning Spitamen tumanida 630 o‘quvchiga mo‘ljallangan yangi maktab foydalanishga topshirildi.

Bunga javoban Tojikiston hukumati Samarqandda 640 o‘quvchiga mo‘ljallangan maktab va Farg‘ona viloyatida bolalar bog‘chasi qurishini ma’lum qildi. Tegishli buyruq Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon tomonidan 2018 yil mart oyida imzolangan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Tojikiston

Baholaganlar

234

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing