Tojikiston aholisi 10 mlnga yetdi. Ota-bola Rahmonlar faxriy chaqaloqqa uy sovg‘a qildi

Olam

image

Bugun, 23 iyul kuni Dushanbeda tug‘ilgan o‘g‘il bola Tojikistonning 10 millioninchi fuqarosi bo‘ldi. Bu haqda Tojikistonning “Xovar” davlat axborot agentligi xabar berdi.

Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, bolaning ota-onasi Dushanbedagi tumanlardan birida istiqomat qiladi. Uning otasi ishchi-migrant, onasi uy bekasi. Bolaga Firdavs deb ism qo‘yishgan.

Agentlikning aniqlik kiritishicha, yangi tug‘ilgan chaqaloq 3 kg 25 gr tosh bosadi, uning bo‘yi 50 sm.

Bolaning ota-onasiga Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon va uning o‘g‘li, Dushanbe meri Rustami Imomali nomidan uch xonali xonadon sovg‘a qilingan.

Ma’lumot uchun, Tojikistonda tojik, o‘zbek, qirg‘iz, rus, qozoq, turkman, tatar va boshqa millatlar vakillari istiqomat qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston

Baholaganlar

949

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing