Toshkentdagi Mehribonlik uyida tarbiyalanuvchilar miting uyushtirdi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Yunusobod tumani Markaz-5 da joylashgan 21-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari miting uyushtirgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati izoh berdi.

Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasining mutasaddilari, Bolalar bo‘yicha ombudsman, Xalq ta’limi vazirligi rahbariyati, Toshkent shahar hokimi, Milliy gvardiya, shahar prokuraturasi va tegishli mutasaddilar muassasaga kelgan holda vaziyatni o‘rgangan.

Aniqlanishicha, muassasa tarbiyalanuvchilari tomonidan xodimlardan biriga nisbatan e’tiroz kayfiyati shakllangan. 

“Ayni damda muhit barqaror, Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari kun tartibi bo‘yicha shug‘ullanmoqda, vaziyat nazoratga olingan”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1575

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing