Toshkentdagi “eski Pushkin chorrahasi” nihoyat ochildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Poytaxt Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Mustaqillik va Parkent ko‘chalarini tutashtiruvchi yo‘l foydalanishga topshirildi. Bu haqida Mirzo Ulug‘bek tumani axborot xizmati xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, odamlar orasida "eski Pushkin chorrahasi" nomi bilan yuritilgan ushbu yo‘lga piyodalar yo‘lagi, yo‘ldan o‘tish yo‘lakchalari, avtoulovlarni tartibga soluvchi svetofor hamda yoritish chiroqlari o‘rnatilgan.

Eslatib o‘tamiz, Mustaqillik ko‘chasiga olib chiquvchi, besh yildan beri yopiq mazkur chorrahani ochish ishlari yanvar oyida boshlangan.

 

Abdurashidova Yulduz


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

48

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing