Toshkentda YTH sodir etgan haydovchilar janjallashdi (video)

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlarda Cobalt va Lacetti avtomashinalarining to‘qnashuvi oqibatida, yo‘l harakati qatnashchilari o‘rtasidagi mushtlashuv aks etgan video tarqaldi.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi mazkur holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 1 sentyabr kuni soat taxminan 15:45 da, Cobalt rusumli avtomashina haydovchisi 34 yoshli B.N. va Lacetti rusumli avtomashina haydovchisi 26 yoshli Sh.U. Yashnobod tumani, Aviasozlar va Qorasuv ko‘chalari kesishmasida mayda to‘qnashuv sodir etishgan. To‘qnashuv tufayli, yo‘l harakati qatnashchilari o‘rtasidagi janjal mushtlashuvga aylanib ketgan.

Oqibatda Cobalt avtomashinasining yo‘lovchisi 36 yoshli B.N. tan-jarohatlari olib shifoxonaga murojaat qilgan.

Hozirda holat yuzasidan Yashnobod tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda, uning natijalariga ko‘ra qonuniy qaror qabul qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

243

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing