Toshkentda uchta Cobalt ishtirokida YTH yuz berdi. Bir kishi jarohatlandi

3-sahifa

image

Bugun, 14 fevral kuni Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida uchta Cobalt rusumli avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. YHXBB hodisa yuzasidan ma’lumot berdi.

Soat 19:00 larda Osiyo ko‘chasida, haydovchi, 2003 yilda tug‘ilgan (haydovchilik guvohnomasi olmagan) M.M. Cobalt rusumli avtomobilda harakatlanayotib, ushbu ko‘chada joylashagan "Kardiologoiya markazi" ro‘parasiga yetgan vaqtida boshqaruvni yo‘qotgan va avtobus bekatiga urilgan. Keyin bekat ortidagi avtoturargohda to‘xtab turgan, haydovchi, 1986 yilda tug‘ilgan F.E. boshqarib kelgan Cobalt rusumli hamda haydovchi, 1971 yilda tug‘ilgan A.X. boshqarib kelgan yana bir Cobalt rusumli avtomobillarga to‘qnashgan.

To‘qnashuv vaqtida piyoda, 1988 yilda tug‘ilgan B.M. tan jarohati olib, birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, hodisa sabablariga aniqlik kiritilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent

Baholaganlar

276

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing