Toshkentda ro‘molli qizlar maktabga kiritilmagani haqidagi xabarga munosabat bildirildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Kuni kecha ijtimoiy tarmolarda Toshkentning Yunusobod tumanidagi 250-sonli umumta’lim maktabida ro‘mol o‘ragan qizlar darsga kiritilmagani haqida xabar tarqaldi. Toshkent shahar Xalq ta’limi bosh boshqarmasi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur holat bo‘yicha Yunusobod tuman xalq ta’limi bo‘limi ishchi guruhi o‘rganish olib borgan. Natijada xabarda keltirilgan ma’lumotlar o‘z isbotini topmagan. 

“Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan ma’lumot va fotolavhalar mazkur ta’lim muassasasi o‘quvchi-qizlariga mutlaqo aloqasi yo‘qligi aniqlandi.

Qayd etilishicha, bugungi kunda Yunusobod tumani xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 42 ta umumta’lim maktabi mavjud. Ularda jami 60489 o‘quvchi, jumladan, 28578 nafar qiz tahsil oladi.

Eslatib o‘tamiz, Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov o‘quvchi qizlar maktabda oq va ochiq ranglarda milliy ro‘mol va do‘ppida bo‘lishlari mumkinligini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

maktab

Baholaganlar

733

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing