Toshkentda “pogon”lilar fuqarolarni kaltaklagani rostmi? IIV izoh berdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda ichki ishlar organi xodimlari ikki fuqaroni ayovsiz do‘pposlagani haqida xabarlar tarqalgandi. Ushbu holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohruh G‘iyosov izoh berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 8 iyun kuni soat 02:30 da Mirzo Ulug‘bek tumanida ichki ishlar organi xodimlari giyohvandlik vositalarini sotishga aloqadorlikda va profilaktik nazoratni buzishda gumonlangan ikki fuqaroni aniqlagan.

“Fuqarolar boshidanoq o‘zini noo‘rin tutgan, ichki ishlar organlari xodimlarining harakatlariga faol qarshilik ko‘rsatgan.

Keyinchalik ayrim ommaviy axborot vositalari tomonidan voqealarning biryoqlama talqin qilinishi, shuningdek maqolalarda yoshlarning sarguzashtlari “rang-barang” tasvirlangani sababli ijtimoiy tarmoqlarda turli millatchilik ruhidagi bayonot va mulohazalar tarqala boshladi”, deydi G‘iyosov.

IIV mas’uli bu alohida jamoatchilik vakillari tomonidan milliy adovatni sun’iy ravishda qo‘zg‘atishga urinishlarning birinchi holati emasligiga urg‘u bergan. 

“Biz bu salbiy tendensiyani kuzatib boramiz va ayrim salbiy fikrdagi fuqarolarning millatchilik tuyg‘ularini qo‘zg‘atib, jamoatchilikka bosim o‘tkazishiga yo‘l qo‘ymaymiz.

Tergov ushbu fuqarolar tan jarohatlarini qayerda va qanday sharoitda olganini aniqlashi kerak. Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoq faollaridan huquq-tartibot idoralari xodimlari va fuqarolarning harakatlariga huquqiy baho berilishini kutishlarini so‘raymiz”, deyiladi munosabatda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

423

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing