Toshkentda bir oyda 35 ta fohishaxona aniqlandi

Jamiyat

image

Toshkent shahrida iyun oyida massaj yoki spa-salonlar ko‘rinishidagi 35 ta fohishaxona aniqlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati xabar berdi.

“Massaj yoki spa-salonlar ko‘rinishida tashkil etilgan fohishaxonalarni aniqlash bo‘yicha doimiy ishlar olib borilmoqda. Natijada iyun oyi davomida Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan 35 ta fohishaxonalar aniqlandi”, deyiladi boshqarma xabarida.

Foxishaxona tashkil etgan va qo‘shmachilik bilan shug‘ullangan shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 131 moddasi (“Qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash”) bo‘yicha jinoiy ishlar qo‘zg‘atildi.


Maqola muallifi

Teglar

fohishaxona

Baholaganlar

1904

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing