Toshkentda 18 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi (video)

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqda Toshkent shahrining Chilonzor tumanida 18 ta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgani aytilgan videolavhalar tarqaldi. Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavsizligi boshqarmasi YTH haqida ma’lumot berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, kecha, 16 avgust kuni soat 17:45 larda Toshkent shahar Chilonzor tumani Bunyodkor shox ko‘chasi (ko‘prik usti)da bir yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan bir qancha transport vositalari ishtirokida YTH sodir bo‘lgan. 

Qayd etilishicha, hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Boshqarma YTHda qancha avtomobil ishtirok etganiga aniqlik kiritmagan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

964

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing