Toshkentda 16 yashar qiz sodir etgan YTHda 14 yoshli bola vafot etdi

3-sahifa

image

Joriy yilning 27 sentyabr kuni Toshkentning Uchtepa tumanida 16 yoshli qiz sodir etgan yo‘l-transport hodisasida 14 yoshli bola halok bo‘ldi. Bu haqda YHXBB xabar berdi.

YTH soat 20:00 larda Uchtepa tumani 35-uy qarshisida sodir bo‘lgan. 2004 yilda tug‘ilgan, haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan Sh.N. (qiz) Spark rusumli avtomobilni boshqarayotib, o‘zidan oldinda harakatlanib ketayotgan haydovchi, 1982 yilda tug‘ilgan I.A. boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomobilni quvib o‘tayotgan vaqtida ushbu avtomashina bilan to‘qnashib, boshqaruvni yo‘qotgan va qarama-qarshi bo‘lakka o‘tib ketib, qarshisidan kelayotgan haydovchi, 1974 yilda tug‘ilgan A.M. boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan.

Natijada, Spark rusumli avtomobil yo‘lovchisi 14 yoshli A.N. shifoxonaga olib ketilayotganda yo‘lda vafot etgan. Ushbu avtomobil haydovchisi 16 yoshli Sh.N. va Lacetti rusumli avtomobil haydovchisi 46 yoshli A.M. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

279

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing