Toshkent viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
19 fevral 2021
7503Toshkent viloyati hokimiga shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish, obodonlashtirish va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha yangi o‘rinbosar tayinlandi.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Barhayot Baxtiyorjonovich Meliyev Toshkent viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandi.
Barhayot Meliyev 1987 yilda Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy. 2010 yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan.
Lavozimga tayinlangunga qadar Toshkent shahar hokimligi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari lavozimida mehnat qilayotgan edi.
LiveBarchasi
Farg‘onada qiymati 76 mln so‘mlik “paqqilloqlar” ushlandi
07 noyabr 2023
Shavkat Mirziyoyev Qatar sobiq bosh vazirini qabul qildi
07 noyabr 2023
Falastin Bosh vaziri Muhammad Shtaye G‘azodagi urush sabab halok bo‘lgan bolalar haqida gapirayotib yig‘lab yubordi
07 noyabr 2023